ulkan
bilan ulashing
1. Egallagan oʻrni, hajmi gʻoyat yirik, juda katta, buyuk.
-
Ulkan bino. Ulkan daraxt. Ulkan daryo. Ulkan qurilishlar.
-
— Ming yil chaqmoq chaqsin, ulkan togʻ gerdayib turaveradi, — dedi Bektemir qatʼiy. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Ana shu zaylda oylar, yillar, qandaydir bir ulkan dengizga qoʻshilishni istagan irmoqlarday, shildirab oqib oʻta boshlaydi. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
2. Koʻlami, qamrovi, qudrati jihatdan juda katta; buyuk.
-
Juda ulkan ish. Faqat sizlardaqangi mardi maydonlar eplay oladigan ish! R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Bunyodkor xalqimiz vodiy va vohalarda sunʼiy dengizlar, ulkan sanoat korxonalari barpo etmoq-da. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Navoiy musammatlari uning ulkan lirik merosining uzviy bir qismidir. OʻTA
3. koʻchma Mazmun-mundarijasi, ahamiyati jihatidan katta, yirik.
-
Ulkan asar.
-
Ziynatullayevning qoʻlida zoʻr haqiqat boʻlib koʻrinayotgan narsa — aslida ulkan haqiqatdan uzib olingan bir haqiqatcha ekanini u endi aniq koʻrib turardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Bugungi Navroʻz bayrami barcha-barchaga yangi baxt, ulkan zafarlar keltiradi. Gazetadan
4. Nom, eʼtibor qozongan; buyuk, ulugʻ.
-
Ulkan yozuvchi. Ulkan oqin.
-
Qarindoshim, tugʻishqonim, ulkan qozoqsan oʻzing. Gʻ. Gʻulom
-
U adabiyot va sanʼat olamining zukko bilimdoni otashin notiq va ulkan sanʼat-kor edi. Gazetadan
-
Pahlavon Mahmud javonmardlik oqimining ulkan namoyandalaridan biri boʻlgan. OʻTA
ULKAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЛКАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ulkan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar