u
bilan ulashing
1. (joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarida — unga, unda, undan)
2. ksh. olm. 3-shaxs birlik Soʻzlovchi va tinglovchidan boshqa shaxsni, nutq jarayonida qatnashmayotgan shaxs (oʻzga)ni bildiradi.
-
U mendan bir yosh katta. Undan yoshar oʻrnak olishadi.
-
U ketgandan keyin, Sidiqjon shu yerning oʻzida choʻkka tushdi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
-
Mana, boshqarma boʻlimida uni [Iskandarovni] rosa qizartirishdi. S. Ahmad, Bosh ogʻrigʻi
-
Uning ovozi oʻziga juda uzoqdan eshitilayotganga oʻxshardi. S. Ahmad, Yulduz
3. koʻrs. olm. Soʻzlovchidan naridagi yoki uzoqdagi kimsa, narsani koʻrsatish uchun qoʻllanadi.
-
Bu kitobni emas, u kitobni bering. U yigitni taniysanmi? Daryoning u yogʻi.
-
U yerda nima koʻp — past-balandlik. Shuhrat, Oltin zanglamas
-
Men boʻlsam uning yoʻlini allaqachon topib qoʻyganman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
u soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshini (yoki oʻzini) u yoqqa urmoq, bu yoqqa urmoq
-
[Mirzakarimboy :] Boshni u yoqqa urdim, bu yoqqa urdim, axir bir evini topdim, jiyan. Oybek, Tanlangan asarlar
Yo u yoqlik, yo bu yoqlik qilmoq
U dunyo
-
Taqdirga shukur qil, nomusli kambagʻal boʻl. U dunyoda foydasini bilasan. Oybek, Tanlangan asarlar
U dunyo-bu dunyo, u dunyo-yu bu dunyo
U yoqda tursin
-
Ochilish u yoqda tursin, ochiq xotinlarning yuzini ham koʻrmayman, deb ont ichganman. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
U yovda qolib
-
Kanizak koʻzi jiqqa yoshga toʻldi-yu, uzr u yoqda qolib, hasratga tushib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
U yogʻini surishtirsang
-
U yogʻini surishtirsang, qishloqda hammaning roʻzgʻori tang. Oybek, Tanlangan asarlar
Uni quy, buni qoʻy
-
Uni qoʻy, buni qoʻy, qachon biznikiga kelasan?
U so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
У so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
u so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar